Kiberjinoyatlar bugungi kunda global xavf boʻlib qolgan. Oʻzbekistonda ular uchun jinoyat javobgarligi belgilangan. Kiberjinoyatlarni tergov qilish murakkab jarayon hisoblanadi: ular virtual olamda sodir etiladi, dalillar elektron shakldagi boʻlganligi sababli maxsus bilim va malakalarni talab qiladi. Mamlakatda kiberjinoyatlarga qarshi maxsus boʻlinmalar va mutaxassislar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, davlat-xususiy sektor hamkorligi, xavfsizlik choralarini kuchaytirish, xalqaro hamkorlik kabi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Kiberjinoyatlar muammosi jamiyatning birgalikdagi kuch-qudrati bilan hal etilishi mumkin. Zero, axborot texnologiyalari rivojlanayotgan bugungi kunda bu sohadagi xavfsizlik barchamiz va dolzarb vazifamizdir. Axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda kiberjinoyatlar global miqyosda katta muammo boʻlib qolmoqda. Kiberjinoyatlar deganda, kompyuter tizimlari, tarmoqlari va ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirish, ularni oʻzgartirish, oʻchirib tashlash, zararli dasturlarni tarqatish va boshqa shu kabi noqonuniy harakatlar tushuniladi. Bunday jinoyatlar nafaqat alohida shaxslar, balki davlat va jamiyat manfaatlariga ham jiddiy tahdid soladi. Shu sababli, Oʻzbekiston Respublikasida ham kiberjinoyatlarni tergov qilish va ularga qarshi kurashish dolzarb masalalardan biri sanaladi.